English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prokuror tomonidan Tajimuratovga 18 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlash so‘raldi
10:59 / 2023-01-12

Buxoro viloyati sudi binosida Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni o‘z ishini davom ettirmoqda.

Aniqlanishicha, Dauletmurat Tajimuratov Konstitutsiyaga kiritilayotgan tegishli o‘zgartirishlar bo‘yicha norozilik mitingini o‘tkazish bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengesga rasman murojaat qilgan. Uning murojaatiga asosan miting 5 iyul kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan.

Sud majlisida guvoh va ayblanuvchilarning ko‘rsatmalari va namoyishlar bo‘lib o‘tgan kunlarda tasvirga olingan videomateriallar tahlil qilinmoqda. Xususan, ommani tinchlantirish maqsadida ishlatilgan qurollar va ularning ta’sir kuchi hamda qurollarni qo‘llashdan oldingi ogohlantirishga oid holatlar ham o‘rganilmoqda.

Nukus voqealari bo‘yicha sudda prokuror Tajimuratovga 18 yil, Qallixanovaga 11 yil, Turdanovga 8 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini so‘radi

Boshqa sudlanuvchilarga nisbatan 9 yildan 3 yilgacha bo‘lgan turli muddatlar, ikki sudlanuvchiga esa ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi so‘ralgan.

Ombudsman matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sud majlisida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya a’zolari ishtirok etmoqda. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jarayonlar belgilangan talablarga muvofiq olib borilmoqda.

 

 N.Abduraimova, O‘zA