English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional boks: Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi e’lon qilindi
10:32 / 2022-11-18

Tokio olimpiadasi g‘olibi, jahon chempioni Bahodir Jalolov o‘zining professional boksdagi navbatdagi jangini 26 noyabr kuni AQSHda o‘tkazadi.

Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi ma’lum qildi.  

Bokschimiz shu kuni AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida amerikalik Kyortis Xarperga qarshi 10 raundlik jangda qatnashadi.  

Aytish lozim, Bahodir shu kungacha professional boksda 11 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan.  

Uning bo‘lajak raqibi Xarper esa 22 ta jang o‘tkazgan va ularning 14 tasida g‘alabaga erishgan (9 ta nokaut). 8 ta jangda imkoniyatni boy bergan.  

Karson shahrida o‘tadigan boks kechasining markaziy jangida Regis Progreys va Xose Zepeda WBC kamari uchun bahslashadi.  

Eslatib o‘tamiz, iste’dodli bokschimiz Bahodir Jalolov ayni kunlarda AQSHda mazkur muhim jangga hozirlik ko‘rmoqda.  

 

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA