English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizning ayrim hududlarida bugun soat 17:00 ga qadar gaz bo‘lmaydi
11:56 / 2022-08-11

«Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun Olmazor va Yakkasaroy tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Aniqroq qilib aytganda, Olmazor tumani "Jomiy-5" ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimli D-57 mm.li gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli bugun soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Jomiy ko‘chasidagi 15 ta yerli aholi xonadonlarida hamda 35 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shuningdek, Yakkasaroy tumani, "Kichik Beshyog‘och" ko‘chasida joylashgan gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun soat 10:00 dan 17:00 gacha "Kichik Beshyog‘och" ko‘chasidagi 12 ta ko‘p qavatli uylarda hamda 2 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi xabarda.


O‘zA