Poytaxtda o‘tgan kubokda 80dan ziyod polvonlar gilamga tushdi
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori kubogi” musobaqalari nihoyasiga yetdi. Viloyatlardan tashrif buyurgan 80 nafardan ziyod polvonlar g‘alaba uchun murosasiz bellashuv olib bordilar.
Qizlar o‘rtasida kechgan kurashda Malohat Bobonazarova (Qashqadaryo), Marhaboxon Xabibullayeva (Andijon), Gulira’no Suvonqulova (Navoiy), Amina Mamedova (Toshkent shahri), Dilshoda Amirova (Qashqadaryo), Mohiniso Sabriyeva (Buxoro)ga teng keladigani topilmadi.
[gallery-9907]
O‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda Quvonchbek Narzullayev (Qashqadaryo), Muhammadrasul G‘aniyev (Farg‘ona), Quvonch G‘aybullayev (Qashqadaryo), Umid Rayimov (Jizzax), Otabek Nurmatov (Qashqadaryo), Jasur Taganov (Qashqadaryo) shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA