English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Popga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi ko‘payadi
06:13 / 2023-02-07

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Pop tumanini 2022-2026 yillarda rivojlantirish bo‘yicha asosiy drayverlaridan biri hisoblangan “Turizm sohasini rivojlantirish” bo‘yicha joriy yilda keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.  

Xususan, “Apart Hotel Cosmos” MCHJ qo‘shma korxonasi tomonidan “Hunarmand va mehmon uylari” tashkil etish loyiha taklifi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur loyiha, Chodak qishlog‘ining Guliston mahallasi hududida amalga oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 75 million AQSH dollarini tashkil etib, loyiha doirasida 800 ta hunarmand va mehmon uylari, 8 kilometr temir arqon dor yo‘lagi, kichik o‘rmon hududi, alpinistlar uchun yo‘llaklar qurilib mahalliy va xorijiy turistlar uchun “Chodak-Arshanbuloq” ekskursiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

“Qamchiq” dovonida joylashgan turizm maskanlarida ko‘rsatilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash, yangi dam olish maskanlarini barpo etish va turizm ob’ektlarini ko‘paytirish orqali sohani yanada rivojlantirishning katta imkoniyatlari mavjud.

Hozirgi kunga qadar tumanning Chodak, Parda Tursun qishloqlarida 400 ga yaqin oilaviy mehmon uylari tashkil etildi. Kelgusi yillarda tashkil etiladigan mehmon uylari ro‘yxati shakllantirilib, ularning sonini 1000 taga yetkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mazkur qishloqlarda 500 dan ortiq dam olish maskanlari mavjud bo‘lib, kelgusida ularning sonini ikki barobarga oshirish orqali tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy turistlar oqimining ko‘payishiga erishiladi.

[gallery-10468]

Turistik ob’ektlar hududida milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va savdosini tashkil qilish orqali aholi daromadlarini oshirish imkoniyati mavjud. Xususan, mazkur hududlarga 2022 yil mavsum davomida ichki turizm yo‘nalishida 600 mingdan ortiq sayyoh (1 kunda o‘rtacha 7000 kishi, 1 oyda 210 ming kishi) tashrif buyurgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yillarga nisbatan keskin ko‘paygan.

Mahalliy sayyohlar oqimini ko‘paytirish va turizm hajmini oshirishda  tuman hududida joylashgan madaniy meros ob’ektlari va ziyoratgoh maskanlariga tashrif buyuruvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish ham muhim ahamiyat kasb etadi.  

Shuningdek, kelgusida tuman hududida joylashgan o‘rmon xo‘jaligi yerlarini o‘rganib, ularda turistik zonalar, Chodak turizm qishlog‘i markazida gid-ekskursiya yetakchisi va turoperator xizmatlari, turizm axborot markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bunda, Chodak qishlog‘idagi turizm ob’ektlari, oilaviy mehmon uylari, turistik marshrutlar, transport xizmati, turizm xizmatlari va yaqin hududlardagi turizm maskanlari to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishini inobatga olinadi.  

 

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA