English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston Erdog‘anni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi
09:51 / 2023-01-05

Pokiston Senati Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni Ukraina inqirozini hal qilishdagi sa’y-harakatlari sababli Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi.

Bu haqda Pokiston qonun chiqaruvchi hokimiyatga tayanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi.  

“Tinmas sa’y-harakatlar, har ikki tomon bilan o‘z vaqtida va samarali hamkorlik qilish tufayli Erdog‘an Ukraina atrofidagi global falokatning oldini oldi”, deya Pokiston Senati raisi Muhammad Sodiq Sanjraniyning Norvegiya Nobel qo‘mitasiga yo‘llagan murojaatidan iqtibos keltirdi agentlik.  

Turkiya Buyuk millat majlisi spikeri Mustafo Shentop o‘tgan hafta Erdog‘anni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ko‘rsatish tashabbusi bilan chiqqan edi.

 

O‘zA