English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pillachilik klasterlari tashkil etiladi
13:52 / 2023-03-23

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda pillachilik va junchilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyatida 15 ming gektar, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 10 ming gektardan, Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida 5 ming gektardan aholi yashash joylariga yaqin lalmi va yaylov maydonni o‘zlashtirib, pillachilik klasterlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Bu yerlar Vetnam tajribasi asosida aholiga 1-2 gektardan ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun beriladi.

Shuningdek, Oltinsoy, Sho‘rchi, Konimex, Nurota, Muborak, G‘uzor, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Forish, Tuproqqal’a tumanlarida aholi yashash joylariga yaqin 10 ming gektardan lalmi va yaylov maydonda jun klasterlarini tashkil qilish topshirildi.

 

O‘zA