English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pelosi Tayvanga tashrifidan ko‘zlagan maqsadini oshkor qildi
10:58 / 2022-08-11

AQSH vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi rahbarligidagi delegatsiyaning Tayvanga tashrifidan ko‘zlangan maqsad mintaqada status-kvo mavjudligini tasdiqlash bo‘lgan. Bu haqda Nensi Pelosining o‘zi chorshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashganda ma’lum qildi.

"Bizning Tayvanga tashrifimiz har doim qo‘llab-quvvatlab kelayotgan status-kvoga qurilgan kuchli munosabatlarimizni tasdiqlash edi", – dedi Pelosi.

"Biz bundan (statusa-kvo) chekinmaymiz, lekin Xitoyga Tayvanni tashqi dunyodan uzib qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz", – qo‘shimcha qildi u.

Pelosi shuningdek, Tayvanni “dunyodagi eng erkin demokratiya” sifatida ko‘rishini ta’kidlagan.