English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Parlament o‘yinlari”ning hududiy bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
10:16 / 2022-08-11

Nukusda “Parlament o‘yinlari” sport musobaqalarining mini futbol va badminton bo‘yicha hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020 yil 30 dekabrdagi “Parlament o‘yinlari” sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Parlament o‘yinlari” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Unda ishtirokchilar sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi va badminton turlari bo‘yicha bahslashmoqda.

Mini futbol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumani hamda Xorazm viloyatining Shovot tumani jamoalari o‘zaro bahslashdi. Murosasiz o‘tgan o‘yinda maydon egalari g‘alaba qozondi.

Badminton bo‘yicha musobaqada xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi deputati Dilbar Ranova hamda xalq deputatlari Xiva  shahar Kengashi deputati Feruza Yusupova maydonga tushdi. Ushbu bellashuvda Dilbar Ranova g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, sport musobaqalarining voleybol, stol tennisi turlari bo‘yicha hududiy bosqichi yaqinda Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan edi. Unda voleybol bo‘yicha xalq deputatlari Nukus tumani Kengashi deputatlari jamoasi, stol tennisi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Inomjon Boltaboyev, xotin-qizlar o‘rtasida xalq deputatlari Qorao‘zak tumani Kengashi deputati Gulzira Sadiqova g‘oliblikni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.

“Parlament o‘yinlari” sport musobaqalari hududiy bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA