English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parijdagi ko‘rgazmalar Markaziy Osiyoni yaxshiroq bilish uchun ilmiy ahamiyatga ega, – Rokko Rante
10:50 / 2022-11-21

23 noyabr kuni Parijda O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid ikkita yirik ko‘rgazma ochiladi.

Bular Arab dunyosi institutidagi «Samarqandga yo‘l, ipak va oltin mo‘’jizalari» hamda Luvr muzeyidagi «O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» deb nomlangan ko‘rgazmalardir.

Luvrdagi ko‘rgazma ilmiy kuratori Rokko Rante bundan ko‘zlangan maqsad haqida so‘zlab berdi:

–Ushbu ko‘rgazma o‘z oldiga ikkita asosiy maqsadni qo‘ygan.

Birinchidan, Yevropada Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va madaniyatini ko‘rsatish. Parij, albatta, bu borada yetakchi shahar. Chunki Luvr kabi yetakchi muzeylar shu yerda joylashgan. Shuningdek, bu yerda arab dunyosi madaniyati ham yaxshi aks ettiriladi.

Ikkinchi maqsad. Shuni hisobga olish kerakki, Markaziy Osiyo tarixi Yevroosiyo materigi tarixi bilan juda chambarchas bog‘liq. Shuning uchun ham Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida umumiy tarixiy voqealar ko‘p.

Qolaversa, ko‘rgazma Yevropa va Fransiya jamiyati uchun Markaziy Osiyoni yaxshiroq bilishda ilmiy ahamiyatga ega. Zotan, Markaziy Osiyo madaniyati muhim tarixiy shaxslarga boyligi bilan alohida o‘rin tutadi, – deya ta’kidladi u.

O‘zA