English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pandemiyada vafot etgan shifokor va hamshiralarning xotirasiga atab daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi
10:24 / 2022-11-02

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining kirish qismi yonida tashkil etilgan Tibbiyot xodimlari xotirasi xiyobonida daraxt ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Har bir daraxt oldida pandemiyada vafot etgan shifokor yoki hamshiraning ismi ko‘rsatilgan kichik peshlavha ham o‘rnatildi. Aksiya tashabbuskori – O‘zbekiston Landshaft san’ati uyushmasi direktori Tatyana Yugayning aytishicha, bu safar jami 90 tup daraxt ekilgan bo‘lib (qayrag‘och, chinor, zarang, shumtol va katalpalar), o‘tgan yilning kuzida 60 tup daraxt o‘tqazilgan edi. Pandemiya davrida jami 600 nafar tibbiyot xodimi jonini fido qilgan, qolgan 450 nafarining xotirasiga ham daraxtlar ekiladi.  

Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari To‘lqin Teshayev esa hokimlik bu xayrli tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, ko‘chatlarni xarid qilishga yordam berganini, Obodonlashtirish xizmati va Milliy gvardiya xodimlari esa daraxtlarni qadash uchun alohida o‘ralar qazib berganini bildirdi.  

Daraxt ekish aksiyasida poytaxt aholisi va tibbiyot xodimlarining qarindoshlari, hamkasblari faol ishtirok etdi.  

 

O‘zA