
Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga:
– aholiga bo‘lib berilgan 200 ming gektar, dala chetlaridagi 50 ming gektar hisobidan 5 million tonna qo‘shimcha mahsulot yetishtirishni ta’minlash;
– iqtisodiy instrumentlarni ko‘paytirib, hokim yordamchilari tizimi orqali ushbu yerlarda kooperatsiyani rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash;
– dehqon va fermerlarga qulay bo‘lgan 250 million dollarlik kredit, lizing va sug‘urtaning yangi turlarini yo‘lga qo‘yish;
– ko‘p import bo‘layotgan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zimizda ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha 1,8 trillion so‘mlik 2 mingta loyihani ishga tushirish;
– bozorlardagi narx-navo o‘zgarishi va mahsulot kamayishini oldindan hisob-kitob qilish, oziq-ovqat inflyatsiyasini 10 foiz chegarada qat’iy ushlab turish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.
O‘zA