English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonliklar hordiq chiqarish uchun eng ko‘p qaysi mamlakatda bo‘lgan?
14:13 / 2022-12-15

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, yil boshidan buyon O‘zbekistondan 550 ming kishi dam olish uchun xorijga chiqqan.

O‘zbekistonliklar dam olishi uchun eng ma’qul yo‘nalish Turkiya bo‘lib qolmoqda. Joriy yilda Turkiyaga safar qilgan fuqarolarimiz soni 202,1 mingni tashkil etgan. Undan keyingi o‘rinni BAA egalladi. Bu mamlakatda 87,9 ming kishi hordiq chiqargan, uchinchi o‘rin Saudiya Arabistoniga tegishli bo‘ldi, ya’ni yurtdoshlarimizdan 49 ming nafari mazkur mamlakatda bo‘lib qaytgan.  

Quyidagi ro‘yxatda  mamlakatimiz fuqarolari qaysi mamlakatda ko‘p bo‘lgani ko‘rsatilgan.  

Turkiya – 202,1 ming;  

BAA – 87,9 ming;  

Saudiya Arabistoni – 49 ming;  

Misr – 29,5 ming;  

Quvayt – 9,6 ming;  

Janubiy Koreya – 9,4 ming;  

AQSH – 8,4 ming;  

Gruziya – 6,7 ming;  

Hindiston – 4,9 ming;  

Germaniya – 3,5 ming.