English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar 24 soat davomida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib boryapti
12:36 / 2023-02-09

Joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali zilzila yuz berdi.

Yer silkinishi oqibatida mamlakatda 6 mingdan ziyod inshootlar vayron bo‘lgan. 

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. 

Bugungacha O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari tomonidan jami 11 nafar jabrlangan va 33 nafar halok bo‘lganlar vayronalar ostidan chiqarilgan.

Turkiya janubiy viloyatlarida 13 milliondan ortiq odam jabr ko‘rgan.