O‘zbekistonlik o‘quvchi 44 ta xorijiy oliygohga qabul qilindi
Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 44-sonli umumta’lim maktabining 11-"J" sinf o‘quvchisi Abdulahad Turg‘unaliyev muddatidan oldin bir yo‘la AQSHning nufuzli 44 ta oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli o‘qishga qabul qilinadigan bo‘ldi va 3 million 148 ming 315 dollar miqdoridagi grant sohibiga aylandi.
Quvonarlisi, Abdulahad matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha 1370 ball to‘plab, xalqaro SAT sertifikatini qo‘lga kiritdi. Ingliz tilidan 7,5 ball jamg‘arib, IELTS sertifikatiga sazovor bo‘ldi.
Ayni paytda bitiruvchi Abdulahad Turg‘unaliyev hamda uning ustozlari, ota-onasi va barcha yaqinlarining quvonchi cheksiz. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
N.Usmonova, O‘zA