English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda o‘tgan 7 oyda eng ko‘p qaysi hududlarga ipoteka kreditlari ajratilgan?
11:34 / 2022-08-11

Markaziy bank joriy yilning 7 oyi davomida tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, ipoteka kreditlari qoldig‘i ortib bormoqda. 2017 yilga nisbatan 5,4 barobarga ortib, ipoteka kreditlari qoldig‘i 41,3 trillion so‘mga yetgan.

O‘tgan 2022 yil 7 oyida 41 ming 441 ta fuqaroga 7,6274 milliard so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan. Mazkur mablag‘lardan O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi mablag‘lari 94,7 milliard so‘mni tashkil etadi. Ipoteka kreditlari eng ko‘p ajratilgan kuchli 5 talik – Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Ipoteka krediti eng kam ajratilgan 5 talikka – Jizzax, Sirdaryo, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi to‘g‘ri kelmoqda. Ajratilgan ipoteka kreditlarining 8542 tasi (1515,1 mlrd. so‘m) yoki 21 foizi ikkilamchi bozorga ajratilgan. Mos ravishda 32899 tasi (6112,3 mlrd. so‘m) yoki 79 foizi birlamchi bozorga ajratilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi tomonidan ikkilamchi ipotekani moliyalashtirish vaqtincha to‘xtatilgan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, aholining talabini qondirish maqsadida faol kreditlar ajratilishi natijasida, Dasturda nazarda tutilgan mablag‘lar muddatidan avval, ya’ni 2022 yilning birinchi choragi davomida o‘zlashtirib bo‘linishi kutilmoqda.

Ma’lumki, ikkilamchi kredit ajratish ayni kunda to‘xtatilgan va qachon boshlanish sanasini Kompaniyaning o‘zi ham aniq bilmaydi.

To‘g‘ri, ayrim tijorat banklari o‘z resurslari hisobidan bozor narxlarida ipoteka kreditlari ajratmoqda. Ularning shartlari va foizlari yuqori.

Yana bir ma’lumot, yangi yoki eski uy-joy sotib olish, shuningdek uy-joy qurilishi hamda rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti ajratilmoqda.

Ayrim, tijorat banklarining Bosh ofislaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, birlamchi, ikkilamchi va qurilishga kredit ajratilayotganini ma’lum qilishdi.

Misol uchun, "Hamkorbank" birlamchi ipoteka krediti muddati 20 yilgacha, Foizi 17%, boshlang‘ich to‘lov 15 foizni tashkil etadi. Ikkilamchi ipoteka krediti esa, muddati 10 yilgacha, foizi 25%, boshlang‘ich to‘lov 26 foizni tashkil etadi. Qurilish va rekonstruksiya uchun ajratilgan kreditning muddati 20 yilgacha, foizi 18% boshlang‘ich to‘lov 15foizni tashkil etadi.

"Asakabank"da esa birlamchi ipoteka krediti muddati 20 yilgacha foizi 17 foiz, boshlang‘ich to‘lov 15 foizdan qurilish va rekonstruksiya uchun, muddati 20 yilgacha, foizi 17, boshlang‘ich to‘lov 15 foizdan.


Shahnoza Mamaturopova, O‘zA