
Prezidentimizning joriy yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida tegishli tashkilotlarga raqamli xizmatlar ulushini bosqichma-bosqich oshirish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash va sifatli aloqa va internet xizmatlari qamrovini, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimi xizmatlaridan foydalanish ko‘lamini keskin kengaytirish borasida qator vazifalar belgilab berilgan.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Yunusov O‘zA muxbiriga kuydagilarni ma’lum qildi.
– Yuqorida nomi keltirilgan hujjat ijrosini ta’minlash yuzasidan xalqaro yo‘llar bo‘yida joriy yilda xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tashkil etish uchun belgilangan yer maydonlarini auksion savdolarga chiqarilishi yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, xalqaro yo‘l bo‘yidan Yerelektron AATga kiritilgan yer uchastkalari soni 352 tani tashkil etadi.
Yer maydoni 54,3 gektardan iborat. Shuni ham aytish joiz, auksion savdolariga chiqarilgan yer uchastkalari soni 173 ta maydoni 23,7 gektardan iborat. Auksion savdolarida yuqori narx belgilanib sotilgan yer uchastkalari soni 48 ta maydoni 11,4 gektarni tashkil etadi. Mazkur sotilgan yer uchastkalarining qiymati 1112,2 millionni tashkil etadi.
Shuningdek, nodavlat umumta’lim muassasalarini qurish uchun Yerelektron AATga kiritilgan yer uchastkalari soni 73 ta maydoni 24 gektardan iborat. Shundan vakolatli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilayotganlar soni yer uchastkalari maydoni 9,8 gektarni tashkil etadi. Rad etilgan yer uchastkalari soni 22 ta maydoni 3,9 gektardan iborat. Auksion savdolariga chiqarilgan yer uchastkalari soni 28 ta maydoni 10,8 gektarni tashkil etadi.
Bundan tashqari, yil boshidan beri nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish uchun Yerelektron AATga 68 ta maydoni 15,7 gektardan iborat yer uchastkasi kiritilgan. Shundan 25 ta maydoni 5 gektar yer uchastkasi rad etilgan. Auksion savdolariga chiqarilgan yer uchastkalari soni 20 ta maydoni 5,1 gektarni tashkil etadi.
Shahnoza Mamaturopova, O‘zA