English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda “Kundalik” platformasidan foydalanish 50 foizga yetdi
16:18 / 2023-01-01

“Kundalik” qo‘llab-quvvatlash xizmatiga bo‘layotgan murojaatlar, sharhlar va xabarlar e’tiborsiz qolmaydi va muntazam tahlil qilinadi. Joriy yilda foydalanuvchilarni eng ko‘p qiziqtirgan savollar – saytning texnik imkoniyatlari, yangi xizmat va funksiyalarni yaratish, viloyatlardagi maktab o‘qituvchilarining raqamli savodxonligini oshirish zarurligiga taalluqli bo‘ldi.

Yakunlangan yilda “Kundalik” maksimal yuklamalarni hisobga olgan holda foydalanuvchilarning qulay ishlashi uchun zamonaviy yuqori texnologiyali Dell uskunasini sotib oldi. Uskunalar “O‘ztelekom” ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga o‘rnatildi. Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi bilan tuzilgan kelishuv doirasida maktablarni texnik jihozlash uchun mablag‘ ajratildi.

2022 yilda “Kundalik” saytining “Ilovalar” bo‘limida “O‘zlashtirish tahlili” xizmati ishga tushirildi. Ilova - bolaning bilimi va maktabdagi yutuqlarining batafsil tahlilini, fanlar bo‘yicha reytingini taqdim etadi.  

“Kundalik”ning tijorat xizmatlari uchun “Humans” va “UPay”dan keshbek olish imkoniyati qo‘shildi.  

Ota-onalar va o‘quvchilar uchun o‘tgan yili taqdim etilgan Kundalik.Family ilovasi 1 milliondan ortiq marta yuklab olindi. O‘qituvchilar internetga ulanmasdan ham ishlashi mumkin bo‘lgan Kundalik.Teacher ilovasidan har oy 240 mingdan ortiq o‘qituvchilar foydalanadi. “Similarweb” bergan ma’lumotlarga ko‘ra, “Kundalik” O‘zbekistondagi barcha saytlarning mashhurlik reytingida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

“Kundalik” platformasi O‘zbekiston hududlarida faol joriy etilmoqda. Elektron jurnal va kundaliklardan foydalanishning eng yuqori ko‘rsatkichlari: Namangan, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro viloyatlarida qayd etilgan. 2022 yilda “Kundalik” metodistlari O‘zbekistonning barcha viloyatlarida 83 ming nafar o‘qituvchi, tuman, viloyat xalq ta’limi xodimlari uchun 1900 marta seminar o‘tkazdi.  

Kundalik.Family ilovasida baholar va uy vazifalari haqidagi bildirishnomalarni ko‘rish 52 foizgacha oshdi.  

Qo‘llab-quvvatlash xizmati mutaxassislari elektron pochta, telefon va Telegram-boti orqali 60 000 dan ortiq so‘rovlarga javob berdi.

Yangi yilda EdTech sohasini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradigan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida e’lon qilingan maktab ta’limidagi islohotlarga hissa qo‘shadigan yangi imkoniyatlar va xizmatlar yaratish rejalashtirilgan.

O‘zA