English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatida o‘zgarishlar bo‘ladi
16:10 / 2024-07-04

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish choralari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Ta’kidlash lozim, so‘nggi yillarda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash sohalarini rivojlantirish va ularni xalqaro normalar bilan uyg‘unlashtirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024 yil 27 fevraldagi PF-41-son Farmoni bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi hamda faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi va “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan soha faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlarni mazkur qonunlarga muvofiqlashtirish zarurati yuzaga keldi.

Mazkur qarorga muvofiq, Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini samarali tashkil etishni ta’minlash hamda hukumat qarorlarini O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi va “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiqlashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida:

a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizom:

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining tuzilmasi, Agentlik hamda uning tizimidagi tashkilotlarning vazifa va funksiyalari;

Agentlikning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik tartibi;

Agentlik faoliyatini tashkil etish, uning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining tizimdagi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish tartibi;

Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi;

b)  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom:

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari;

Inspeksiya va davlat inspektorlarining huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi;

Inspeksiya faoliyatini tashkil etish, uning boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorligi;

Inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi tasdiqlandi.

O‘zA