English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – shirin hislar mamlakati
10:52 / 2022-08-08

Koreya telekanali ijodkorlari O‘zbekiston haqida hujjatli film suratga olmoqda

3 avgust kuni “EBS1” telekanali ijodiy guruhi O‘zbekistonga keldi. Loyiha Koreyaning “Production Media Gil” prodyusserlik kompaniyasi tomonidan Turizm va madaniy meros hamda Tashqi ishlar vazirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilyapti. Ijodiy safar 16 avgustgacha davom etadi.

Ko‘zlangan maqsad mamlakatimizning turistik salohiyatini ijtimoiy tarmoq orqali namoyish qilish, xorijiy davlatlarda milliy turistik brendni ommalashtirish, shu bilan birga yurtimizga Koreyadan sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat. 

“EBS1” telekanali “Dunyo bo‘ylab mavzuli sayohatlar” teleko‘rsatuvining “O‘zbekiston – shirin hislar mamlakati” nomli navbatdagi sonini tasvirga olmoqda. Dasturda diyorimizning ko‘zga ko‘ringan maskanlari, o‘zbek milliy taomlari, me’moriy yodgorliklarimiz, madaniyatimiz va an’analarimiz haqida hikoya qilinadi. Hujjatli film joriy yil sentyabr oyida efirga uzatilishi mo‘ljallangan.

Ta’kidlash kerak, ijodiy guruhning Toshkent shahridan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlariga safari ham rejalashtirilgan.

“Dunyo bo‘ylab mavzuli sayohatlar” dasturi eng ommabop koreys sayyohlik ko‘rsatuvlari kuchli o‘nligidan joy olgan, tomoshabini 18-60 yoshli sayyohlar. Dastur “EBS1”  milliy telekanalida, shuningdek, “TV Chosun”, “SkyTravel”, “National Geographic”, “Channel View” va boshqa ko‘plab kanallarda namoyish etiladi.


O‘zA