English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi kubogining g‘olibi aniqlandi
17:07 / 2023-05-09

Sovrinli o‘rinlar uchun 60 dan ziyod chavandoz bellashdi. Razryadga ega sportchilar uchun yo‘nalishdan tashqari, tashkilotchilar erkin toifa – ham havaskorlar, ham professionallar uchun ochiq yo‘nalishni ham nazarda tutdilar.

7 mayda Universal Horses stable ot sporti klubining bazasida O‘zbekiston Respublikasi Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi kubogi uchun konkur yo‘nalishidagi musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqa butun O‘zbekistondan eng kuchli chavandozlarni jamladi.

Turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Belarus va Rossiyadan 60 dan ziyod chavandoz qatnashdi. Dipkorpus va xalqaro tashkilotlar vakillari tadbirning faxrli mehmonlari bo‘ldilar. Kubok Gusta Creations kompaniyasi hammuassisligida o‘tkazildi.

Tashkilotchilar 3 ta yo‘nalish tayyorladilar.

  1. 12-14 yoshdagi ishtirokchi-bolalar uchun yo‘nalish. To‘siqlar balandligi — 110 sm.
  2. 5-6 yoshli yosh otlar uchun yo‘nalish. To‘siqlar balandligi — 120 sm.
  3. Erkin toifa. Unda ham havaskorlar, ham professionallar qatnashishlari mumkin bo‘ldi. To‘siqlar balandligi — 140 sm.

Kubok nizomi va FEI (Xalqaro ot sporti federatsiyasi) standartlariga muvofiq yo‘nalish tuzish bilan xalqaro toifadagi kurs-dizayner Abdul Kamol (Fransiya) shug‘ullandi.

«Ushbu Kubokdan kutilgan maqsad – O‘zbekistonda ot sportini ommalashtirish va maqomini oshirish. Federatsiya otlar xarid qilish va sportchilarni o‘qitish yo‘lida salmoqli sa’y-harakatlar qilmoqda. O‘zbek chavandozlari Yevropaga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga bormoqdalar va munosib darajada qatnashmoqdalar, yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmoqdalar. Sportni rivojlantirishda milliy turnirlar muhim rol o‘ynaydi. Mamlakatda qancha ko‘p musobaqalar o‘tkazilsa, shuncha ko‘p homiylar ot sportini qo‘llab-quvvatlaydi, sportchilarning jahon maydonidagi yutuqlari shunchalik yorqin va salmoqli bo‘ladi. Ushbu Kubok konkur yo‘nalishida yangi ismlarni kashf qilganidan mamnunmiz»,- dedi O‘zbekiston Respublikasi Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev.

Musobaqa g‘oliblari Bakarboni DG laqabli otda Firdavsbek Davronbekov («Bolalar» toifasida), Etos laqabli otda Alisher Erkinov («Yosh otlar uchun yo‘nalish»da) va Klass Iks laqabli otda A’zam Tolibboyev («Ochiq toifa»da) bo‘ldi.

Musobaqa yakunlanishi bilan o‘zbek sportchilar Bishkekka yo‘l oladilar, u yerda Yevroosiyo ligasi Jahon kubogining gran-prisi va Yevroosiyo ligasi Millatlar kubogining bosqichi bo‘lib o‘tadi.