English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Tojikiston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
17:38 / 2023-10-05

5 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarida bugungi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga erishilishida Emomali Rahmonning hissasi alohida qayd etildi.

Faol muloqot va almashinuvlar rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda. Savdo, investitsiyalar, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Dushanbe shahrida 14-15 sentyabr kunlari o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi yubiley sammitining samarali yakunlari yuksak baholandi.