English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosarini qabul qildi
15:06 / 2022-10-24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri, qo‘shma Hukumatlararo komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Komissiya faoliyatining asosiy natijalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoatda, yoqilg‘i-energetika majmuida, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi korxonalari o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama dasturni tayyorlashga kelishib olindi.