English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidentining Misrga tashrifi yakunlandi
20:12 / 2023-02-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misrga ikki kunlik rasmiy tashrifi samarali bo‘ldi.

Tashrifning ikkinchi kunida Prezident Abdulfattoh as-Sisi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ularning yakunida davlat rahbarlari Qo‘shma bayonot qabul qildilar, ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasida hujjatlar imzolandi.

Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Qohira aeroportida oliy martabali mehmonni Misr savdo va sanoat vaziri Ahmad Solih va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.