English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Milanga keldi
02:26 / 2023-06-09

Rasmiy tashrif bilan Italiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rimdan Milan shahriga keldi

“Malpense” aeroportida oliy martabali mehmonni Lombardiya viloyati rahbariyati kutib oldi.

9-iyun kuni davlatimiz rahbari ushbu hudud gubernatori bilan uchrashadi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazadi.

“ITMA 2023” to‘qimachilik mashinasozligi bo‘yicha eng yirik xalqaro ko‘rgazmaga tashrif buyurilishi ham rejalashtirilgan.