English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Italiyaga keldi
22:47 / 2023-06-07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Rim shahriga keldi.

Italiya poytaxtining “Fyumichino” aeroportida O‘zbekiston yetakchisining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Oliy martabali mehmonni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrifning asosiy voqealari ertaga, 8 iyun kuni boshlanadi.