English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti “Amea Power” kompaniyasi bilan hamkorlik rejalarini muhokama qildi
14:12 / 2023-12-02

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifning ishbilarmonlik dasturidagi navbatdagi uchrashuvini “Amea Power” kompaniyasi raisi Husayn Al-Novays bilan o‘tkazdi.

Mamlakatimizda, eng avvalo, “yashil” energetika va turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Kompaniyaning O‘zbekistonda faoliyat yuritish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.