English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Otashqalb shoir yodi
11:24 / 2023-05-30

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida atoqli shoir Usmon Nosir xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin O‘rinboyev va boshqalar milliy adabiyotimiz, ma’naviyatimiz ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan ijodkorlar xotirasini e’zozlash, ularning ma’naviy merosini o‘rganish, targ‘ib etish masalasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan islohotlarda ustuvor o‘rin egallashini ta’kidladi.

Adabiyotshunoslar fikricha, Usmon Nosir milliy adabiyotimizga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek ijod qilib, umr kechirgan shoir edi. Manbalarga ko‘ra, shoirning “Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar”, “Yurak”, “Mehrim” kabi she’riy to‘plamlari hamda “Norbo‘ta”, “Naxshon” kabi dostonlari, “Atlas”, “Zafar”, “So‘nggi kun”, “Dushman” kabi dramalari nashr etilgan. Usmon Nosir o‘zbek she’riyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangicha obrazlar olib kirdi.  

Usmon Nosir she’riyatiga xos eng rangin xususiyatlar uning “Yurak”, “Nil va Rim”, “Monolog”, “Nasimaga deganim”, “Yana she’rimga”, “Begona”, “Yoshlik” singari o‘nlab bitiklarida yorqin namoyon bo‘lgan edi.  

Xotira tadbirida Usmon Nosirning qisqa umri davomidagi kechmishlari, tuyg‘ulari, orzu va intilishlari, adabiyotga mehri va ixlosi, armonu iztiroblari musiqiy asarlar vositasida ishtirokchilarga yetkazildi.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonov so‘zga chiqdi.  

 

N.Usmonova, O‘zA