English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo o‘yinlarida yana bir oltin medal
17:46 / 2023-10-05

Boks bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi Abdumalik Halakov Xanchjou shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining o‘z vaznidagi final bahsida g‘alaba qozondi.

Charm qo‘lqop ustamiz final bellashuvida yaponiyalik Shudai Haradaga qarshi ringga ko‘tarildi. Keskin va murosasiz o‘tgan jangda Abdumalik raqibi ustidan zafar quchib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.  

Abdumalik Halakov musobaqa davomida Xitoy Taypeyi vakili Li Cheng Veyni, vetnamlik Nguyen Van Duongni, filippinlik Karlo Paalamni va xitoylik Lyu Ping kabi bokschilarni taslim qildi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA