English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rim-yig‘im paytida hushyorlik yanada oshiriladi
14:30 / 2023-06-06

Boshqa hududlar qatori Qashqadaryo viloyatida ham g‘alla o‘rim yig‘im mavsumi boshlandi. Ma’lumki, viloyat qishloq xo‘jaligi va chorvachilikka ixtisoslashgan hududlardan biridir, o‘rim-yig‘im mavsumida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik yoki muhim talablarni bajarishni ikkinchi darajali vazifa deb bilish ortidan turli noxushliklar yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, ushbu mavsumda serqatnov avtomobil yo‘l yoqalari va o‘ta muhim toifalangan, yonish-portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar atrofini yetarlicha begona o‘tlar qurshab oladi. Bu holat bir tomondan yashillik va chorva uchun ozuqa bo‘lsa, bir tomondan o‘tlar quriganda yong‘inga sabab bo‘lib atrof-muhitni zararlashi hamda ular orqali g‘alla maydonlari-yu, boshqa toifalangan ob’ektlarga o‘t ketishi mumkin. Shu bois, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ekin mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash korxonalarida, dala va yaylovlarda avtomobil va temir yo‘l chetlarida, mahalla hududlarida, ko‘p qavatli uylar, korxona, tashkilotlar va muassasalar atroflarida, ob-havoning isiy boshlaganligi o‘t-o‘lanlarni qurib, tez alanga oluvchi xas-xashaklarga aylanishini e’tiborga olib favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar boshlab yuborilgan.  

Xususan, Qashqadaryo viloyati hududidagi 5 donni qayta ishlash korxonalari, 18 don mahsulotlarini qabul qilish shoxobchalari, jami 23 don qabul qilish maskanlarida o‘rganishlar o‘tkazildi. Maskanlarda ish olib borayotgan 487 nafar ishchi va xizmatchilar ishtirokida favqulodda holatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish borasida yo‘riqnomalardan o‘tkazildi.  

Qolaversa, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘lim xodimlari tomonidan profilaktika kuni doirasida g‘allani yong‘indan saqlash borasidagi 3 turdagi 500 nusxada eslatma va bukletlar tarqatildi hamda o‘rim mavsumida bevosita ishtirok etadigan 2 ming nafarga yaqin ishchi-xizmatchilar bilan yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnomalar berilib, profilaktik suhbatlar olib borildi.  

Mashqda qiyin bo‘lsa, amalda oson bo‘ladi. Shu bois, soha vakillari tashabbusi bilan donni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash korxona va shoxobchalarida don mahsulotlarini xavfsiz saqlash borasida 32 marotaba maxsus taktik o‘quv amaliy mashqi hamda mashg‘ulotlari o‘tkazildi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA