English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘qituvchilar bilan  ota-onalar  hamjihatlikda ishlasa, ta’limda yaxshi natijalarga erishamiz”
11:36 / 2023-02-09

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali “Ta’lim va tarbiyada nimalarni boy beryapmiz?” mavzusida bo‘lib o‘tgan ovozli chatda Toshkent viloyatidagi 32-umumta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi Mahfuza Yunusova hamda 22-umumta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi Anvar Jo‘rayevlar ishtirok etdi. Ekspertlar kuzatuvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

—bugungi kunda ta’lim sifatining tushib ketayotgani haqida juda ko‘p gapiryapmiz, tanqid qilyapmiz. Xo‘sh, buning sabablari nimada?

—Bunga sabab maktablarda ta’lim va tarbiyaning uyg‘un emasligi deb bilaman. Men o‘quvchilarga tarbiya oilada berilishi tarafdoriman. Chunki tarbiyasiz bolaga hech qachon bilim berib bo‘lmaydi. Tarbiyasiz bola o‘qituvchi berayotgan bilimni eshitmaydi, quloq solmaydi. Maktabga nimanidir o‘rganaman, deb kelgan bolani bemalol ta’lim olishiga xalaqit qiladi.

O‘quvchilar 5-6 soat maktabda bo‘lishadi. Qolgan vaqtlarini uyda yaqinlari bilan o‘tkazishadi. Psixologlarning kuzatishlaricha, bola umri davomida kerak bo‘ladigan tarbiyaning katta qismini 7 yoshgacha oiladan oladi. U maktabga kelgunicha jamiyatda o‘zini qanday tutishi qisman shakllangan bo‘ladi. 

Hozirgi kunda ota-onalar bilan o‘qituvchilar o‘rtasida hamjixatlik yo‘qolgan. Ota-ona farzandining tarafini olsa, jamoadoshlar o‘qituvchining tarafini olishadi. Qachonki, o‘qituvchilar bilan  ota-onalar  hamjihatlikda ishlashsa, shundagina biz ta’limda yaxshi natijalarga erishishimiz mumkin.

Maktabda o‘qituvchi topshiriq bersa, uyda ota-ona shu vazifani bajarishini talab qilsa, o‘z-o‘zidan bolada mas’uliyat ortadi.

—  Ishsizlik muammosidan qiynalayotgan ota-onalardan  ta’lim yoki tarbiyani talab qilishimiz nechog‘li to‘g‘ri, deb bilasiz?

— Oilada moddiy ta’minot masalasi bola tarbiyasida bahona bo‘lishi kerak emas. Ota-bobolarimiz hech qayerda ishlashmasa ham dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, farzandlariga tarbiyani ham to‘g‘ri berishgan. Ota-ona ish qidirib yuraversa, uydagi bolaga tarbiya bermasa, ertaga o‘sha bola ham ota-onasiga o‘xshagan ishsiz bo‘ladi-ku. Tarbiyani ota-ona o‘z hayoti misolida berishi kerak.

— Maktablarga viloyat, tuman xalq ta’limi bo‘limlaridan, vazirliklardan tez-tez tekshirishga kelishadi. Qaysidir muammolar hal etilishida natijalar sezilyaptimi? 

— Tekshiruvchilar kelib o‘rganishadi, kamchiliklarni so‘rashadi. O‘quvchilarga ta’lim berishimizda biz uchun nimalar zarur bo‘lsa, ochiq-oydin aytamiz. Ular ham imkoniyat darajasida yordam berishadi. Muammolar bosqichma-bosqich hal etiladi. 

Men ishlayotgan maktab yangi bo‘lgani uchun hozir ko‘p narsalar yetishmaydi. Kompyuter jihozlari ham yo‘q edi. Hozir zamonaviy, talabga javob beradigan jihozlarimiz bor. Rahbariyat bosqichma-bosqich zarur o‘quv qurollarni yetkazib berishyapti.

Ovozli chatning to‘liq qismini youtube platpormasidagi kanalimizda ko‘rishingiz mumkin. 

<iframe width="2133" height="1077" src="https://www.youtube.com/embed/GK_9iElUZRU" title="TA’LIMNI TARBIYASIZ RIVOJLANTIRIB BO‘LMAYDI" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, 

Yoqub Meliboyev(video), O‘zA