
Firibgarlik jinoyati keskin ko‘payib ko‘plab yurtdoshlarimiz chuv tushmoqda. Bunday qing‘ir ishlarga ayollar ham qo‘l urayotgani achinarlidir.
Farg‘ona viloyati huquqni muhofa qiluvchi idoralar tomonidan Rishton tumanilik ikki nafar ayolning firibgarligi fosh etildi. Oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishda shaffoflik hamda adolatli tizim joriy etilgan bo‘lsada, ba’zi odamlarning soddaligi kimlargadir asqotmoqda. Rishton tumanilik Gulbahor Dadaboyeva hamda Shoxida O‘rinboyevalar o‘z nafsini o‘ylab, jinoyat ko‘chasiga kirdi.
Gap shundaki, fuqaro Z.Obidovani Farg‘ona davlat universitetining “Boshlang‘ich ta’lim” va uning tanishi M.Tojiboyevani “Yurisprudensiya” yo‘nalishiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da beradi. Albatta, bu ishlarning “xizmat haqisi” borligini ham aytishadi. Z.Obidovadan 18 ming AQSH dollarini talab qilishgan. Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va DXX boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sh.O‘rinboyeva Rishton tumani markazidagi “Kosmos” kafesida undan kimyoviy ishlov berilgan mazkur pullarni olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir davomida G.Dadaboyeva ikki nafar shaxsni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga Sh.O‘rinboyevadan 18 ming AQSH miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida olingan. Mazkur jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilib, G.Dadaboyeva hamda Sh.O‘rinboyevalarga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
O‘zA