English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"One Chip Challenge" chipsining xavfsizligi tekshirilmagan – Sanepidqo‘mita
20:57 / 2024-07-02

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar o‘rtasida "One Chip Challenge" chipsini iste’mol qilish bo‘yicha chellenj boshlangani, bu esa salomatlik bilan bog‘liq bir qancha ko‘ngilsiz holatlarga olib kelayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi.

Fuqarolarimizni ushbu mahsulot bilan bog‘liq bir qator savollar qiziqtirmoqda.  

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, "One Chip Challenge" mahsuloti uchun sanitariya-epidemiologik xulosa berilmagan. Ushbu mahsulotga xulosa olish bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan murojaat ham bo‘lmagan.  

Shu o‘rinda fuqarolarimizdan xavfsizligi tekshirilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid va iste’mol qilmaslik so‘raladi. 

O‘zA