Ona zaminni tasvirlab...

Chirchiq shahar Kimyogarlar madaniyat saroyida Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi, rangtasvirchi rassom Avazjon Abdumajitovning “Ona zamin ohanglari” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Avazjon Abdumajitov 1995 yil Toshkent viloyatining Qibray tumanida tavallud topgan. Bolaligidan rassom bo‘lishni orzu qilgan ijodkor maktabni tamomlagach, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsil oladi.
Ko‘rgazmada rassomning ijodiy ishlari taqdim etildi. Ular orasida ilk ijodiy ishlari, biroz mukammallikka davogar asarlari, badiiy uslubda yaratilgan obstrakt tafakkurga oid izlanishlari aks etgan ijodiy namunalari joy olgan.
Suratlarda turfa ranglar, oqshom sirlari, yomg‘ir tomchilarining mo‘jizaviy ko‘rinishi, qishloq manzaralari rassomning o‘z qarashlari asosida tasvirlangan.
Gulnoza Boboyeva, Davron Ernazarov(surat) O‘zA