English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 3 yilga 14 foizli kredit beriladi
14:57 / 2023-03-23

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda dala va kollektor-drenaj atroflaridagi yerlardan unumli foydalanish vazifasi qo‘yildi.

Birgina Sirdaryoda qariyb 4 ming gektar bunday yerlar mavjudligi aniqlangan. Boshqa hududlarda ham dala chetlarida va kollektor-drenaj atroflaridagi qo‘shimcha 50 ming gektar maydondan samarali foydalanish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tuman hokimlariga dala va kollektor-drenaj atrofidagi yerlarni fermer xo‘jaliklari o‘z ishchilari va ehtiyojmand aholiga o‘n yilga ikkilamchi ijaraga berishni tashkil qilish topshirildi.

Bunda, fermerlarga o‘rdak, tovuq va kurka boqishga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 3 yilga 14 foizli kredit beriladi.

Dala chetlariga uzum ko‘chatlari va kadi urug‘larini, tut ko‘chatlarini ekish, parranda va asalari uyalarini yetkazib berish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

O‘zA

 

--0--