English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
18:06 / 2022-10-04

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida Andijon viloyati Jalaquduq tumani Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh, chekka hududlaridan bo‘lgan Oyim qishlog‘ida yashovchi nuroniylar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

"Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi Andijon viloyati hududiy bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tibbiy ko‘rikka qishloq hududidagi mahallalarda yashovchi mehnat faxriylari qamrab olindi.

– Biz keksalarga ko‘rsatilgan e’tibordan, mahallamizda tibbiy ko‘rik o‘tkazilganidan behad xursandmiz, – deydi Oyim qishlog‘idagi Ittifoq mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Patilaxon Mahmudova. – Shifokorlar salomatligimizni tekshirib, zarur maslahat, tavsiyalar berdi. Mana shunday xayrli ishlarning boshida turgan Prezidentimizga, barcha insonlarga mingdan-ming rahmat.

Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari, viloyat sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot muassasalari, shuningdek, Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasining malakali mutaxassis va shifokorlaridan iborat guruh tomonidan UZI, laboratoriya, EKG apparatlaridan foydalangan holda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida nuroniylar tekshiruvdan o‘tkazildi, turli xastaliklar aniqlangan otaxon va onaxonlarga davolash muolajalari belgilandi.

– Ko‘rik davomida 431 nafar keksalar, shundan 121 nafar onaxonning salomatligi nazoratdan o‘tkazildi, – deydi "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi Andijon viloyati hududiy bo‘limi rahbari Tursinboy Berdirahmatov. – Bir guruh keksalarimiz davolanishga jalb etildi. Yana bir guruhi dori-darmonlar bilan ta’minlandi, shuningdek, ularga ko‘zoynaklar, sanitariya gigiyena vositalari berildi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA