English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylar shaxmatda bahslashdi
12:36 / 2022-12-08

Navoiy olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limlari hamkorligida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan nuroniylar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada viloyatdagi mahallalardan kelgan otaxonlar dona surdi.

Musobaqa yakunida 1-o‘rinni Navoiy shahridagi “Yangiariq” mahallasida yashovchi 70 yoshli Nazir bobo Safarov, 2-o‘rinni Konimex tumanidan kelgan 62 yoshli Bahodir bobo Rajabov, 3-o‘rinni Karmana tumanidagi “Do‘rman” mahallasida istiqomat qiluvchi 70 yoshli Ismat bobo Norov egalladi.  

“Eng yoshi ulug‘ shaxmatchi” nominatsiyasiga Navoiy shahridagi “Yangiariq” mahallasida yashovchi 90 yoshni qarshilayotgan Abri bobo Rahmatov munosib, deb topildi.

G‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA