Telegram orqali “Notcoin” yig‘ib, uni 800 ming so‘mga sotgan 24 yoshli talaba yigit 10 sutkaga qamaldi. Ammo bu yagona holat emas – so‘nggi uch hafta davomida 20 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
O‘rta asrlarda Janubiy Amerikaning “oltin davlati” – Eldorado haqidagi afsonalar ispan konkistadorlarining ko‘ngliga vasvasa solgani singari bugun aksariyatning o‘y-xayolini “Notcoin”, “Hamster Kombat” va boshqa ilovalarda “tanga” to‘plash va uni yaxshigina pulga sotish band qilgan.
Kriptovalyuta nima? U boshqa valyuta shakllaridan qanday farq qiladi?
Ushbu atama tranzaksiyasini tekshirish uchun foydalaniladigan kriptografiya so‘zidan paydo bo‘lgan. Kriptografiyadan, kriptovalyuta ma’lumotlarini hamyondan umumiy reyestrga yuborish va saqlash uchun foydalaniladi. Ilk kriptovalyuta – bitkoin, 2009 yilda yaratilgan bo‘lib, bugungi kunda ham eng taniqli hisoblanadi.
Kriptovalyuta – tranzaksiya tekshiruvida banklar ishtirok etmaydigan, norasmiy to‘lov tizimi sanaladi. Bu istalgan foydalanuvchiga to‘lov yuborish va qabul qilish imkonini beruvchi, teng huquqli ishtirokchilar tizimidir.
Kriptovalyuta bilan to‘lovlar faqat aniq tranzaksiyalar uchun, raqamli ko‘rinishda, onlayn ma’lumotlar bazasida amalga oshiriladi. O‘tkazmalarda tranzaksiyalar ommaviy ro‘yxatda qayd etiladi. Kriptovalyuta moddiy ko‘rinishda mavjud emas, u faqat raqamli hamyonda saqlanadi.
Xo‘sh, kriptovalyuta qanday qo‘llaniladi? Kriptovalyuta, taqsimlangan ommaviy reyestr – blokcheynda ishlab chiqariladi. Blokcheyn – valyuta saqlovchi tomonidan yangilanib boruvchi barcha tranzaksiyalar yozuvini o‘zida saqlaydi. Ta’kidlash kerakki, kriptovalyuta – moddiy ob’ekt emas. U yozuv yoki o‘lchov birliklarni bir shaxs tomonidan, hech qanday ishonch va kafolatlarsiz uchinchi tomonga o‘tkazish kalitidir.
O‘zbekisionda kriptovalyuta olish va sotish qay darajada qonuniy? Buning uchun qanday javobgarlik belgilangan? Aynan qanday harakatlar uchun kishilar javobgarlikka tortilmoqda? Savolarimizga huquqshunos Murod Najmiddinov javob beradi.
Batafsil:
<iframe width="1250" height="703" src="https://www.youtube.com/embed/79wDvZan6d8" title="“Notcoin”, “Hamster Kombat”. Kriptovalyuta olish va sotish qay darajada qonuniy?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov, O‘zA