Nomzodni qo‘llab-quvvatlab, imzo yig‘ish jarayonlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilning 9 iyulida mamlakatimizda muddatidan ilgarigi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi. XDP mazkur saylovda o‘z nomzodi bilan faol qatnashadi.
Shunga ko‘ra, Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ilgari surilayotgan nomzod Ulug‘bek Ilyosovich Inoyatovni qo‘llab-quvvatlab, imzo yig‘ish jarayoni davom etmoqda.

Ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishni xohlagan saylovchilar belgilangan manzillarga kelishlari mumkin. Nomzod uchun imzo qo‘yishga kelgan shaxslar o‘zlari bilan pasport, ID-karta yoki ularning elektron variantini olib kelishlari so‘raladi.
Imzo yig‘ish jarayonlari soat 9:00 dan 18:00 gacha davom etadi.

O‘zA