English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Abdusattorov yetakchiligidagi shaxmatchilarimiz “Xanchjou-2022” o‘yinlarida qatnashadi
15:53 / 2023-09-21

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan tarkibi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, mamlakatimiz erkaklar terma jamoasi Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidovdan iborat bo‘lsa, ayollar terma jamoasi Nilufar Yoqubboyeva, Umida Omonova, Afro‘za Hamdamova, Marjona Malikova, Maftuna Bobomurodovadan tashkil topgan.

Shaxmatchilarimizga 19-Osiyo o‘yinlarida tajribali grossmeyster Rustam Qosimjonov murabbiylik qiladi.

Osiyo o‘yinlarining shaxmat musobaqalari 24 sentyabr - 7 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA