English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nigeriyada “Boko Haram” guruhining 28 nafar jangarisi yo‘q qilindi
11:03 / 2022-08-08

Nigeriya shimoli-sharqida 28 nafar “Boko Haram” jangarisi zararsizlantirildi.

Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, jangovar samolyotlar qo‘llanilgan aksilterror operatsiyasi Borno shtatining Gvoza chekkasida bo‘lib o‘tdi va buning natijasida terror tashkiloti rahbari Alxaji Modu o‘ldirildi.

Ta’kidlash joizki, “Boko Haram” Nigeriyada 2000 yillarning boshidan buyon faol bo‘lib, hozirga qadar 20 mingdan ortiq odam terror tashkiloti qurboniga aylangan.

Bundan tashqari, “Boko Haram” 2015 yildan beri Kamerun, Chad va Nigerga hujum qilib keladi. Chad ko‘li hududiga uyushtirilgan xurujlar oqibatida terrorchilar tomonidan kamida 2 ming kishi o‘ldirilgan.

Shuningdek, har yili to‘qnashuv va teraktlar tufayli mazkur mamlakatlarda istiqomat qiluvchi yuz minglab odamlar o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ladi.

Ulug‘bek Mahmirzayev