English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Netanyaxuning “Likud” partiyasi navbatdan tashqari saylovlarda g‘olib bo‘ldi
10:46 / 2022-11-02

Seshanba kuni Isroil Knesseti (parlament)ga bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovlarda sobiq Bosh vazir va muxolifat yetakchisi Binyamin Netanyaxu boshchiligidan “Likud” partiyasi birinchi, amaldagi Bosh vazir Yair Lapidning “Yesh atid” partiyasi ikkinchi o‘rinni egallashi aniq bo‘lib qolmoqda. Bu ma’lumotlarni “Kan” davlat telekanali saylov uchastkalari yopilganidan keyin tarqatgan.

Ushbu dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Likud” 120 o‘rinli parlamentda 30 ta va “Yesh atid” 22 ta deputatlik o‘rinlarini egallaydi.  

 Qolgan o‘rinlarni boshqa partiyalar bo‘lishib olishgan.  

Netanyaxu kecha kechqurunning o‘zida bo‘lajak hukumat koalitsiyasiga kirishi mumkin bo‘lgan qanot bloki partiyalari yetakchilari bilan birinchi muzokaralarni o‘tkazgan.  

 

O‘zA