
Isroilning yangi hukumati rahbari Binyamin Netanyaxu Quddusda bo‘lib o‘tgan konferensiyada mamlakat xalqaro munosabatlar sohasida taftish o‘tkazishga va xalqaro hamjamiyat oldida o‘z manfaatlarini himoya qilishga intilishini ma’lum qildi.
U, shuningdek, Isroil mintaqada islom radikallashuviga qarshi chora ko‘rish yo‘li bilan xavfsizlik sohasida taftish o‘tkazishi, Eron harbiylarining Suriyaga o‘rnashib olishining oldini olishga hamda Tehronning yadro quroliga ega bo‘lishiga qarshi turli yo‘llar bilan kurash olib borishga harakat qilishini aytgan.
"Biz xalqaro munosabatlarimizda taftish o‘tkazamiz: ovozimizni butun dunyo eshitadigan bo‘ladi. Xalqaro hamjamiyat tomonidan bizga qilinayotgan ko‘rsatmalar oldida boshimizni egmaymiz va yon bermaymiz, biz isroil yerida Isroil davlati manfaatlarini mag‘rurlik bilan himoya qilamiz", – deb bayonot bergan Netanyaxu. Uning ma’ruzasidan bir qismi Isroil hukumati saytida e’lon qilingani aytilmoqda.
2022 yil dekabr oxirida Netanyaxu rahbarligidagi Isroilning yangi hukumati mamlakat parlamenti qarshisida qasamyod qabul qilgandi, deb yozmoqda RIA Novosti.