Navro‘z sayli ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi

Xalqimizning har bir qadriyati zamirida inson qadrini ulug‘lash, saxovatpeshalik, mehr-muruvvat, tinchlikparvarlik g‘oyalari mujassam.
Biz har yili ko‘tarinki ruh, katta zavq va ishtiyoq bilan nishonlaydigan Navro‘z bayrami timsolida mana shunday yuksak fazilatlarni ko‘rishimiz mumkin.

Bu yil ham ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bahoriy ruh, o‘zgacha shukuh bilan qadam qo‘ymoqda.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida milliy qadriyat va an’analarni o‘zida mujassamlashtirgan Navro‘z sayli tashkil etildi.

Saylda keng jamoatchilik, talabalar, atrofdagi mahallalar yoshlari, xorijiy mamlakatlar elchixonalari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Navro‘z saylida respublikamizning 14 ta hududidagi milliy qadriyatlar, urf-odatlar, milliy liboslar, milliy taomlar, sport o‘yinlari namoyish etildi va barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
O‘zA