English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiylik o‘quvchilar ko‘pkurashda bellashdi
15:40 / 2023-08-07

FOTOREPORTAJ

Navoiy shahridagi harbiy qismda “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostidagi ko‘pkurash sport musobaqasi  bo‘lib o‘tdi.

Unda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilaridan iborat 4  jamoa tezkor savol-javob, avtomatni qismlarga ajratish va yig‘ish, estafeta hamda pnevmatik quroldan o‘q otish kabi shartlar bo‘yicha bellashdi.

Murosasiz kechgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni  Navoiy kasb-hunar maktabi va Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi akademik litsey, 2-o‘rinni Navoiy davlat konchilik texnologiyalar universiteti huzuridagi litsey hamda 1-o‘rinni viloyat ichki ishlar boshqarmasi litseyi jamoasi qo‘lga kiritdi.  

[gallery-13038]

G‘olib jamoalar hamda faol ishtirokchilar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA