Navoiyda “Talabalar bog‘i” barpo etildi

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga barcha oliy ta’lim muassasalari jamoalari faol ishtirok etmoqda.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida 14 ta hududdagi oliy ta’lim muassasalarida daraxt ko‘chatlarini ekish aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu xayrli tashabbus doirasida Navoiy davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan 0,3 gektar yer maydonida “Talabalar bog‘i” barpo etildi. 300 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Shuningdek, ushbu aksiya doirasida institut hamda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan 2000 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA.