English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:48 / 2023-03-26

Nurota tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida 5 qavatli turar-joy va savdo do‘koni binolari qurilishi rejalashtirilgan. Loyihaga ko‘ra, 5 qavatli turar-joy binolari 5 ta bo‘lib, 1 xonali xonadon 44 ta, 2 xonalisi 218 ta hamda 3 xonali xonadon 50 tani tashkil qiladi.

Ushbu turar-joy binolari foydalanishga topshirilsa, hududdagi 312 ta oila o‘z uyiga ega bo‘ladi.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 8 ta bo‘lim, 41 ta banddan iborat 290,5 milliard so‘m va 405,5 million AQSH dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan  chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.

Jumladan, Nurota tumani hududidagi “Pistali” konida 4 million tonna oltin ma’danni qayta ishlash majmuasining (6-gidrometallurgiya zavodi) qurilishini yakunlash belgilangan. Shuningdek, “NKMK” AJda transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish nazarda tutilgan.

Milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilalarda ibratli va namunali qaynona-kelinlar safini kengaytirish maqsadida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda “Oqila ayollar” harakati bilan hamkorlikda “Ibratli qaynona va kelin” ko‘rik-tanlovining Tomdi tuman bosqichi o‘tkazildi.  

Unda 1-bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 nafar qaynona-kelinlar 4 shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, T.Nurlibayeva hamda kelini P.Sandibekovalar 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi va viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 trillion 573,9 milliard so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,5foizga oshgan.

A.Bo‘riyev, O‘zA