English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navbatga turish shart emas
12:38 / 2023-02-09

bugungi kunda eski haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati yaqinlashgani sayin joylardagi davlat xizmatlari markazlarida uzundan-uzoq navbatlar yuzaga kelmoqda.

Joriy yilning 30 yanvaridan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn olish imkoni yaratildi.  Bu mazkur muammoni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun my.gov.uz sayti orqali buyurtma berilib, unda bosqichma-bosqich bo‘sh qatorlar o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Tegishli bandlar tanlanib, yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko‘rsatiladi, mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo‘yiladi.  

So‘nggi qadamda invoys shakllanib, BHMning 70 foizi (210 ming so‘m) miqdorida, pochta xizmati uchun esa 25 ming so‘m to‘lanadi.  

Markaz xodimi buyurtmani ko‘rib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.  

Guvohnoma pochta xizmati tomonidan 2 ish kunida manzil bo‘yicha yetkaziladi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talon olinib, yangisi beriladi.  Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni davlat xizmatlari markaziga topshiradi.  

Onlayn almashtirish yo‘lga qo‘yilgandan buyon ko‘pchilik fuqarolar ushbu xizmatdan foydalana boshladi. Xususan, Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markaziga shu kunga qadar eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun 98 ta onlayn arizalar kelib tushgan va kuni kecha tayyor bo‘lgan 67 ta haydovchilik guvohnomalari pochta xizmati orqali o‘z egalariga yetkazilib berildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA.