English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navbahor”ga yangi murabbiy tayinlandi
15:40 / 2024-07-21

Sport

Mamlakatimizdagi taniqli futbol mutaxassislaridan biri Sergey Ivanovich Lushan Namanganning “Navbahor” futbol klubi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.

Yangi murabbiy viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi raisi Shavkat Abdurazzoqov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda klub a’zolariga rasman tanishtirildi.  

Ma’lumot o‘rnida, Sergey Lushan 1973 yil 14 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U faoliyati davomida yurtimizning “Ma’danchi” (Bekobod) va “Bunyodkor” (Toshkent), shuningdek, Rossiyaning bir qator jamoalarida to‘p surgan.  

Lushan murabbiylik faoliyati davomida 2014-2023 yillarda O‘zbekiston (“U-19”) o‘smirlar terma jamoasi, “Bunyodkor” (Toshkent), “So‘g‘diyona” (Jizzax), “Dinamo” (Samarqand), Belarusning “Shaxtiyor” (Soligorsk), “Shaxtiyor” (Petrikov) jamoalarida ishlagan. U so‘nggi paytlarda, Odil Ahmedov futbol akademiyasi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor”ni 2021 yildan buyon boshqarib borayotgan Samvel Babayan O‘zbekiston Superligasining 2024 yilgi mavsumi birinchi davrasidagi qator muvaffaqiyatsiz natijalardan so‘ng o‘z lavozimini tark etgandi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri