NATO Bosh kotibi Finlyandiya va Shvetsiya Bosh vazirlari bilan telefonda suhbatlashdi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan shu hafta o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralar arafasida Finlyandiya va Shvetsiya Bosh vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Bosh kotibning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
NATO rahbari Sanna Marin i Ulf Kristerss bilan bo‘lgan telefon suhbatlarini “muhim vaqtda bo‘lib o‘tgan muzokaralar”, deb atagan.
NATO Bosh kotibining eslatishicha, Skandinaviyadagi ikki davlat Alyansga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan.
Stoltenbergning Turkiyaga tashrifi 4 noyabrga belgilangan. Tashrif doirasida Prezident bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
8 noyabrda esa Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristerss Turkiyaga safar bilan boradi.
O‘zA